|
|
12.
|
Fedchenko yirtqichchasi
Fedchenko Assassin Bug
Reduvius
fedtschenkianus Oshanin, 1871
|
|
Maqomi. 2: Zaif, tabiatan kamyob,
lokal tarqalgan janubiy Turon endemik turi.
Tarqalishi. Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo vil. va
Farg`ona vodiysining cho`llarida yashaydi. O`zbekistondan tashqarida:
Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash
joylari. Cho`llarning
mustahkamlashgan qum tuproqli
massivlari. Kemiruvchilar va toshbaqalarning uyalarida yashaydi.
Soni. Hamma joyda kam, O`zbekistonda kam
topilmalar orqali ma'lum.
Yashash tarzi.
Rivojlanish
davri ikki yil. Voyaga yetgan hasharotlar aprel-may oylarida oylarida oqshom
paytida harakatchan bo`lishadi va mayda bo`g`imoyoqlilar bilan oziqlanadi.
Lichinkalari va voyaga yetmaganlari mayda chang yoki qum ichiga burkalib
oladilar.
Cheklovchi
omillar. Yarimcho`l
va tog` etaklaridagi bo`z yerlarning xo`jalik maqsadlarida o`zlashtirilishi,
xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Yashash
joylarida muhofazasini tashkillashtirish.
|
|
|
|
|
13.
|
Bogdanov
yirtqichchasi
Bogdanov's
Assassin Bug
Stenolemus bogdanovi Oshanin, 1896
|
|
Maqomi. 2: Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan janubiy Turon-Turkiston
endemik turi.
Tarqalishi. Toshkent, Samarqand,
Sirdaryo, Farg`ona vil. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston.
Yashash
joylari. O`zining
birlamchi yashash joylari—O`zbekistonning tekislik va tog`larning qayir
to`qayzorlarida uchramay qo`ygan, hozirda qishloq joylarda odam yashamaydigan
xo`jalik imoratlarida uchrab turadi.
Soni. Kam topilmalar orqali
ma'lum.
Yashash tarzi.
Kam
o`rganilgan. Yirtqich, mayda bo`g`imoyoqlilar bilan oziqlanadi. Voyaga
yetganlari qishlashadi, bahor va yozda harakatchan bo`ladi. Tojikistonda
lichinkasi jiyda tanasida topilgan.
Cheklovchi
omillar. Xo`jalik
faoliyati sabab tog`oldi hududlarida o`tloqli qayir tuqayzorlarining kamayib
ketishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Yashash
joylari, soni, hayot tarzini mukammal o`rganish, o`tloqli qayirlarni muhofaza
qilish lozim.
|
|
|
|
|
14.
|
Glazunov gulbadani
Glasunov's
Beauty Ground Beetle
Collisthenes
glasunovi (Semenov,1900)
|
|
Maqomi. 2: Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan, janubiy
Turkiston endemik turi.
Tarqalishi. Nurota t., Samarqand sh.
atrofi (Iskandar q.).
Yashash
joylari. Tog`
etaklari tekisliklari va turli o`t o`simliklar bilan qoplangan tog` (d.s.b.
600-1000 m) yonbag`irlari.
Soni. Kam topilmalar orqali
ma'lum.
Yashash tarzi.
Kam o`rganilgan.
Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprelda harakatchan bo`lishadi.
Yirtqich, mayda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Pichan
tayyorlash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish, yerlarning
nurashi, zaharli kimyoviy moddalarni keng qo`llash.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Nurota
qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan; yashash joylari, soni, hayot tarzini
mukammal o`rganish lozim.
|
|
|
|
|
15.
|
Sulaymon tilla qo`ng`izi
Solomon's
Buprestid
Ancylocheira salomonii Thomson, 1878
|
|
Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Eron-Turon turi.
Tarqalishi. Buxoro, Kogon, Samarqand,
Turtko`l, Toshkent, Farg`ona sh, atrofi. O`zbekistondan tashqarida:
Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Turkiya,
Xitoy (Sinjon).
Yashash
joylari. Tekislikdagi
daryolar, kanallar bo`yidagi, aholi yashaydigan joylar yaqinidagi terakzorlar.
Soni. Ilgari ko`p uchrar edi,
keyingi o`n yilliklar davomida keskin qisqarib, ba'zi joylarda butunlay yo`q
bo`lib ketgan.
Yashash tarzi.
Kam
o`rganilgan. Lichinkalari chiriyotgan eski terakda rivojlanadi. Uchishi va
tuxum qo`yishi may-iyun oylarida.
Cheklovchi
omillar. Eski
teraklarni kesib tashlash.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Yashash
joylari, soni, hayot tarzini mukammalroq o`rganish, yashash joylari
muhofazasini tashkil qilish, terakzorlarni saqlash.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|